

"U jamoaga ham, menga ham pand berdi, chunki biz rejalarimizni aynan u bilan birga qurgan edik. Men "Manchester Yunayted"ga kelgunimga qadar Portugaliyaga uchib borib, u bilan maqsadlarim va rejalarim haqida shaxsan gaplashgan edim. U futbol tarixidagi eng yaxshilardan biri, men unga juda katta hurmat bilan qarayman. Lekin murabbiy sifatida men xolis va to'g'ri qaror qabul qilishim kerak edi.
Ronaldu to'p bilan ham, to'psiz ham yugurmas edi. Buning sababi - u mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganida edi. Har bir top-klub o'z safidagi top-futbolchini qo'llab-quvvatlashi kerak, ammo bunday yulduzning o'zi ham jamoa uchun mehnat qilishi shart.
U mashg'ulotlarda boshqa futbolchilarga: "Mashg'ulotlarda kuchingizni tejang", der edi. Agar siz eng yuqori sport formasida bo'lsangiz, ayrim engilroq mashqlarda kuchni tejashni tushunsa bo'ladi... lekin avval o'sha kerakli sport formasiga kirish uchun ham yaxshilab mashg'ulot qilishingiz kerak-ku!", - dedi Ten Xag.



