Ronaldo Lionel Messi va Kilian Mbappeni o'zaro solishtirdi

29 iyun 2026, 12:40
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi va Fransiya hujumchisi Kilian Mbappeni o'zaro solishtirdi.

"Ularning ikkalasi ham, shubhasiz, statistika chegaralaridan chiqib ketadigan va turnir tarixidagi eng yaxshi to'purarlar bo'lish huquqiga loyiq futbolchilardir. Messi - butun futbol tarixidagi eng buyuk o'yinchilardan biri, u hali ham ta’sir o'tkaza oladi va o'yin taqdirini hal qiladi. Mbappega kelsak, uning o'yin uslubi menga o'zimning eng gullagan davrimni eslatadi. U zamonaviy futbolning eng buyuklaridan biri va ushbu o'yin afsonalarining tabiiy vorisidir", - deya Ronaldoning so'zlaridan iqtibos keltiradi "L'Équipe".

JCH-2026 turnirida Mbappe to'rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Messi hisobida esa oltita gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Équipe