Ronaldinyo 46 yoshida futbolga qaytganidan so'ng muxlislarga murojaat qildi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2026, 11:50
"Barselona", "Milan" va Braziliya terma jamoasi sobiq yulduzi Ronaldinyo 11 yillik tanaffusdan so'ng professional futbolga qaytib, Italiya C Seriyasi vakili "Ravenna" safida "Forli"ga qarshi o'yinda (2:0) debyut qildi.

10-raqamda tushgan braziliyalik afsona birinchi bo'limni to'liq o'tkazdi va 36-daqiqadagi golli hujumda ishtirok etdi. Tanaffusda esa muxlislar qarsaklari ostida sharaf aylanasini bajarib maydonni tark etdi.

"Yana rasmiy o'yinda maydonga tushganimdan xursandman... Bir necha yil tanaffus qildim, endi qaytish vaqti keldi, xa-xa-xa! Hazildan tashqari, to'la stadionda jamoadoshlarim bilan bu ajoyib kunni o'tkazish juda yoqimli bo'ldi.

O'zimga chaqiriqlar tashlashni va kamdan-kam odamlar qilgan ishlarni sinab ko'rishni yaxshi ko'raman. Bu adrenalin, maydon hidi va to'p bilan uchrashuv doimo o'zgacha tuyg'ular beradi. Orzuga ishongani uchun "Ravenna"ga va unutilmas oqshom uchun muxlislarga katta rahmat. Tez orada ko'rishguncha, oila!", – dedi Ronaldinyo.

Eslatib o'tamiz, u yozda mazkur klub akcioneri va elchisiga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal