

Bu haqda Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, "rossonerilar" rahbariyati yosh forvardni keyinchalik 60 million evroga to'liq sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini o'rganmoqda.
Shu bilan birga, "Qirollik klubi" futbolchining kelajagi ustidan nazoratni butunlay yo'qotishni istamayapti: ehtimoliy bitim shartlariga ko'ra, "Real" hujumchini 80 million evro evaziga qayta sotib olish huquqini o'zida saqlab qolish niyatida.
Xabar qilinishicha, muzokaralarda o'tmishda har ikki klub sharafini muvaffaqiyatli himoya qilgan Kaka asosiy rolni o'ynashi mumkin. Afsonaviy braziliyalik Endrikni asosiy tarkibda doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun Italiya chempionatiga ko'chib o'tishga ko'ndirishda yordam berish maqsadida muloqotda shaxsan ishtirok etishga tayyor.



