

Uchrashuv francuzlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Bizning vazifamiz pley-offga chiqish, ehtimol, birinchi pog'onani egallash edi. Ammo o'yinga kelsak, bu biroz o'ylantirib qo'ymoqda, xususan, birinchi bo'limda qanday pressing qo'llaganimiz. Bu asosan pressing bilan bog'liq, chunki biz bu borada eng yaxshi tarzda harakat qilmadik va raqibga bo'sh hududlar yaratish imkonini berdik. Tanaffusda buni to'g'riladik va yaxshiroq harakat qila boshladik. Hali ham o'z ustimizda ishlashimiz kerak. Futbolchilar kabi men ham norozi edim. Lekin vaziyatni o'ngladik.
Ayniqsa birinchi bo'limda darvozamiz oldida ko'p vaziyatlarga yo'l qo'ydik. Boshqa uchrashuvlarda bunday holat juda kam kuzatilgan. Gap faqat himoyada emas, balki butun jamoaning harakatlarida. Gap bir yoki ikki o'yinchida emas - biz hammamiz birgalikda pressing qilishimiz shart. To'p nazoratini saqlab qolishimiz kerak. Biz to'psiz emas, to'p bilan harakat qilishni yaxshi ko'ramiz, bu bizning uslubimiz emas. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik va buni takrorlashimiz lozim. Biz etarlicha vaziyatlar yaratdik, birinchi bo'limda yakunlash va o'zimizga bo'lgan ishonch yetishmadi. Ammo eng muhimi - ularni yaratish va biz ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldik. Tanaffusda bazi jihatlarni to'g'riladik va bu ajoyib tarzda ish berdi.
Men aldamaydigan futbolchilarni ko'rdim. Ular harakat qilishmoqda va bu eng muhimi. Chorak finalda kim bilan o'ynashimizni ko'ramiz. O'yinchilar o'z klublariga qaytishadi. Biz esa dam olamiz. Maqsadga erishildi, mart oyida nima bo'lishini kuzatamiz", - deydi Zidanning so'zlarini RMC Sport nashri.
Guruh bosqichining oltita o'yinidan so'ng Fransiya terma jamoasi 13 ochko jamg'arib, 1-guruh turnir jadvalida birinchi o'rinni egalladi va Millatlar ligasining 1/4 finaliga yo'llanmani naqd qildi. Turkiya esa ochko to'play olmadi va to'rtinchi pog'onadan joy oldi.



