Maurisio Pochettino: "Men uchun ser Aleks Fergyuson murabbiyda qadrlaydigan barcha jihatlarni o'zida mujassam etgan

16 noya 2026, 10:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o'tmishda jamoa bilan ko'plab nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan Aleks Fergyuson bilan gaplashishga ulgurgan-ulgurmagani haqidagi savolga javob berdi.

"Hozircha yo'q, lekin seshanba kunidan keyin menda albatta shunday imkoniyat bo'ladi. Ko'p yillar oldin aytgandim va buni bir necha bor takrorlaganman: men uchun ser Aleks Fergyuson murabbiy, inson va menejyerda qadrlaydigan barcha fazilatlarni o'zida mujassam etgan va u mening qadriyatlarimni ham ifodalaydi, deb o'ylayman. Unga chin dildan qoyil qolaman. Albatta, seshanba kunidan boshlab suhbatlashish imkoniyatimiz bo'ladi - agar vaqtim etsa, chunki bu juda tig'iz kun bo'ladi. Ammo shunday imkoniyat tug'ilsa, albatta buni amalga oshiraman", - deydi Pochettinoning so'zlarini The Telegraph nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph