

Bu voqea UEFA Millatlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi guruh bosqichi 6-turi doirasidagi bahsda yuz berdi. Madriddagi "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ispaniyaliklar ketma-ket 43 ta o'yin davomida mag'lubiyatga uchramay kelayotgan edi. Ispaniya jamoasining mag'lubiyatsiz seriyasi 2024 yildan buyon davom etayotgandi.
Ispaniya terma jamoasi 15 ochko jamg'argan holda 3-guruhda ikkinchi o'rinni egalladi. Xuddi shuncha ochko to'plagan Angliya milliy jamoasi esa to'plar nisbatiga ko'ra ispaniyaliklarni ortda qoldirib, birinchi pog'onadan joy oldi. Har ikki jamoa Millatlar ligasining 1/4 finaliga yo'l oldi.



