

Mavsumning qolgan qismida Vali Sultonov xorazmliklarni bosh murabbiy sifatida maydonga olib chiqadi, bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qildi.
Vali Sultonov avval ham bu jamoada murabbiy sifatida ishlagan (2008-2011, 2014-2015). Sultonov shu kungacha jamoada seleksioner murabbiy sifatida ishlab kelgan edi.
Eslatib o'tamiz, “Xorazm” Sergey Tokov bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildi.


