Roberto Martines Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqqanini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2026, 03:12
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026 1/8 finalida Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng o'z lavozimini tark etayotganini e'lon qildi.

"Bu qaror jahon chempionatigacha qabul qilinganmidi? Yo'q, menimcha, u yakuniy tarzda tasdiqlanmagandi. Men Portugaliyaga jahon chempionatida g'olib chiqish uchun kelgandim va g'alabasiz davom etishning manosi yo'q deb o'ylayman. Endi direktorlar kengashi va prezident yangi murabbiyni tanlash imkoniyatiga ega. Prezident mening ishimni doimo qo'llab-quvvatlagan, ammo shartnomam bugun o'z nihoyasiga etdi. Boshqa narsa deyishga hojat yo'q", – deya Martinesning so'zlarini keltiradi Record nashri.

Martines Portugaliya terma jamoasini 2023-yilning yanvar oyida qabul qilib olgandi. Uning boshchiligida terma jamoa 2025-yilda Millatlar ligasida g'olib chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Record