Luis de la Fuente Portugaliya bilan o'yindan keyin (1:0) Ronaldu haqida: "Krishtianu yoshlar uchun katta namuna"

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2026, 03:05
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026-yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Portugaliya terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

Mikel Merinoning zaxiradan maydonga tushishi haqida "Mikel Merino hech qachon umidni puchga chiqarmaydi, unga ishonish mumkin. U bizga Yevropa chempionatini yutib berdi va eng muhim paytlarda hamisha yonimizda bo'ladi. U o'z poziciyasida dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Bizning zaxiramizda boshqa istalgan terma jamoada asosiy tarkibda tushishi mumkin bo'lgan o'yinchilar bor. Men jamoa uchun nima yaxshiroq ekanligini o'ylab qaror qabul qilaman. Men hech qachon tavakkal qilishga moyil bo'lmaganman. Mikel ajoyib o'ynaydi va doimo kerakli joyda bo'ladi".

O'yin oldidan Krishtianu Ronaldu bilan quchoqlashishi haqida "Biz vaqti-vaqti bilan gaplashib turamiz va men uning qadriyatlari, u nimani ifodalashi, sportga bo'lgan munosabatining katta muxlisiman hamda u yoshlar uchun namuna deb hisoblayman. Birga bo'lish imkoniyati tug'ilganda, biz bir-birimizga hurmatimizni izhor etamiz".

Chorak finaldagi raqib haqida "Biz chorak finalga chiqqanimizning o'zini nishonlayapmiz, kim bilan o'ynashimizdan qati nazar, o'yinga tayyormiz. Biz o'yinni kutamiz va o'zimizga ishonamiz. Bizda turnir mezbonlariga qarshi o'ynash tajribasi bor, masalan, Yevropa chempionatida Germaniyaga qarshi", – dedi de la Fuente.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca