Sport yuristi "Balogun ishi" haqida: "Qonun nuqtayi nazaridan qaror to'g'ri, ammo vaziyat juda shubhali"

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2026, 01:19
SILA International Lawyers yuridik kompaniyasi sport yuristi Yuriy Zaycev AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikaciyasi bekor qilinganini izohladi.

"Rasmiy jihatdan FIFA Intizom qo'mitasining Balogun diskvalifikaciyasini to'xtatib turish to'g'risidagi qarori meyoriy hujjatlarga muvofiq qabul qilingan. FIFA Intizom kodeksining 27-moddasi Qo'mitaga, agar u natijani manipulyaciya qilishga urinish bilan bog'liq bo'lmasa, istalgan diskvalifikaciyani to'xtatib turish huquqini beradi.

'Qonun harfi' nuqtayi nazaridan qaror huquqiy jihatdan to'g'ri. Ammo manaviy nuqtayi nazardan qaraganda, bu qaror juda bahsli ko'rinadi. Agar uzoqroq muddatli diskvalifikaciya haqida gap ketganda, o'xshash misollarni topish mumkin bo'lardi. Biroq, bir o'yinlik diskvalifikaciya, ayniqsa, to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka uchun beriladigan avtomatik diskvalifikaciya to'xtatib turilganini eslay olmayman. Bu qaror qanday kontekstda qabul qilinganini ham hisobga olish kerak. AQSH prezidenti FIFA rahbaridan diskvalifikaciyani bekor qilishni so'ragani haqidagi ma'lumotlarni hisobga olsak, vaziyat, yumshoq qilib aytganda, unchalik chiroyli ko'rinmayapti.

Belgiya bu qaror ustidan shikoyat qila oladimi? Yo'q, chunki Belgiya ushbu intizom ishining ishtirokchisi emas. Shanslar, aslida, nolga teng. Nazariy jihatdan, Belgiya Xalqaro sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilishi mumkin edi, ammo o'yin bir necha soatdan keyin boshlanadi va u tugaganidan so'ng appelyaciyaning hech qanday manosi qolmaydi", – dedi Zaycev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia