Robert Levandovski APL top-klubiga o'tishi mumkin

26 apr 2026, 01:25
"Manchester Yunayted" "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini nishonga oldi.

Futbolchining Kataloniya klubi bilan mehnat shartnomasi yozda yakunlanadi. Hozircha tomonlar yangi shartnomani kelishib olishgani yo'q. MYU Levandovskini o'z safiga taklif etmoqda.

Robert Levandovski joriy mavsumda "Barselona" safida 40 ta o'yin o'tkazdi. Unda hujumchi 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxini 8 million evroga baholamoqda.


Manba: fichajes.com