"Regar-TadAZ" "Istiqlol"ni mag'lub etib, o'z tarixida ilk bor Tojikiston Superkubogi sohibiga aylandi

Оқил Абдубарноев
23 may 2026, 21:17
Hisor shahridagi Markaziy stadionda "Istiqlol" va "Regar-TadAZ" jamoalari o'rtasida "Tojikiston Superkubogi–2026" uchun hal qiluvchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

8375 nafar muxlis ko'z o'ngida kechgan murosasiz bahsda Tursunzoda shahri vakillari 2:1 hisobida zafar quchib, o'z tarixida birinchi marta ushbu nufuzli sovrinni qo'lga kiritishdi.

6-daqiqada Azizbek Haitov tezkor gol bilan "Regar-TadAZ"ni oldinga olib chiqdi. 30-daqiqada Abdurahmon Nozimov Tursunzoda klubining ikkinchi goliga mualliflik qildi va ustunlikni mustahkamladi. 49-daqiqada "Istiqlol" a'zosi Muhammadjon Rahimov bitta javob to'pini kiritib hisobni qisqartirdi, biroq bu poytaxtliklar uchun etarli bo'lmadi.

"Istiqlol" – "Regar-TadAZ" 1:2

"Istiqlol" (Dushanbe): Kavlinov, Zotko, Tomashevich, Ikich, Karomatullozoda, Islomov, Jo'raboev, Rahimov, Chiryak, Jalilov (s), Soirov. Bosh murabbiy – Vitaliy Levchenko.

"Regar-TadAZ" (Tursunzoda): Takam, Imomnazarov, Temirov, Feumba, G'iyosov, Nozimov, Atsam, Bobjonov (s), Haitov, Davlatov, Abommo. Bosh murabbiy – Alisher To'xtaev.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif