Tebas "Real" TV haqida: "Hammasiga boshqalar aybdor, lekin hech qachon o'zlari emas"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 11:56
La Liga prezidenti Xaver Tebas Real Madrid TV kanalining hakamlarga nisbatan tanqidlariga munosabat bildirdi.

"Ularning o'zini jabrdiyda qilib ko'rsatishi mutlaqo o'rinsiz. Ular nafaqat o'z boshlariga tushgan ishlardan, balki boshqalarda sodir bo'layotgan holatlardan ham nolib shikoyat qilishadi. Ular haq emaslar.

Ularda hamma narsada boshqalar aybdor, lekin hech qachon o'zlari emas. Nima uchun jamoaning ochkosi kamroq ekanini bilaman, lekin aytmayman... "Real" bunday nolishlarsiz ham chempionatda g'olib chiqishi mumkin", - dedi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As