

19 yoshli iqtidor egasi ushbu nufuzli sovrinni qo'lga kiritgan tarixdagi ilk markaziy himoyachiga aylandi.
Kubarsi turnir davomida Ispaniyaning barcha 7 ta uchrashuvida maydonga tushib, ularni to'liq o'tkazdi. Uning himoya chizig'idagi ishonchli harakatlari evaziga "Qizil furiya" musobaqada faqatgina 1 ta gol o'tkazib yubordi va 6 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Final bahsida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioni degan nomga sazovor bo'ldi. Ushbu hal qiluvchi o'yinda ham Kubarsi 120 daqiqa davomida yuqori saviyada harakat qildi.



