

Aksincha, francuz vingeri Myunxen klubida qolmoqchi ekanini aytgan. Bu haqda "Sky Sport Germany" xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" 24 yoshli futbolchining 2029 yilda yakuniga etadigan shartnomasini oldindan uzaytirmoqchi. Shu bilan birga, Germaniya grandi yangi kelishuvga tovon puli haqidagi bandni kiritishni istamayapti. Shartnoma uzaytirilganidan so'ng, Olise jamoaning eng ko'p maosh oluvchi uchta futbolchisidan biriga aylanadi.
Yakunlangan mavsumda Olise barcha turnirlarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 150 million evroni tashkil etadi.



