

Uning fikricha, finalda aynan Ispaniya g'olib chiqadi va bu jamoa katta ustunlikka ega.
"Ispaniya g'alaba qozonadi va buni osonlik bilan amalga oshiradi. Ular Fransiya bilan birga musobaqa boshidanoq asosiy favoritlar edi.
Ispaniya ajoyib futbol namoyish etmoqda. Bu ularning DNKsida bor. Ular bolaligidanoq shu uslubda o'ynab katta bo'lishadi.
Argentina ham bu Jahon chempionatida juda yaxshi ishtirok etdi. Ular qiyinchiliklarni engib o'tishni biladigan, haqiqiy jangovor ruhga ega jamoa. Ammo Ispaniya juda yaxshi shakllangan. Futbolchilar har bir vaziyatda nima qilish kerakligini aniq biladi", - dedi Ronaldo.
JCH–2026 finali bugun, 19 iyul kuni bo'lib o'tadi. Unda Ispaniya va Argentina terma jamoalari AQSHning Nyu-York shahri yaqinidagi Ist-Ruterfordda joylashgan "Metlayf" stadionida bosh sovrin uchun bahs olib boradi.



