

Fransiyalik mutaxassisning takidlashicha, turnir ishtirokchilari sonini oshirish qarorini qabul qilishda asosiy omillardan biri barcha qita konfederatsiyalariga tengroq imkoniyat yaratish bo'lgan.
"Jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etishi haqida qaror qabul qilinganda ko'plab savollar tug'ilgan edi. Shaxsan menimcha, bu axloqiy nuqtayi nazardan to'g'ri qaror bo'ldi. Chunki avval barcha konfederatsiyalar etarlicha va teng darajada vakillikka ega emasdi. Natijada ko'plab terma jamoalar mundialda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo'lardi.
Ayrimlar bu jamoalarning saviyasi etarlimi, degan savolni o'rtaga tashlashgan edi. Ammo turnir davomida buning aksi isbotlandi. Ular nafaqat raqobatbardosh ekanini ko'rsatdi, balki muxlislarga ajoyib o'yinlar va yorqin futbol sovg'a qildi.
Albatta, ko'pchilik Kabo-Verdeni eslaydi. Lekin bundan tashqari ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan jamoalar ko'p bo'ldi. Turnirni tahlil qilsak, terma jamoalar o'rtasidagi saviya farqi tobora kamayib borayotganini ko'rish mumkin", - dedi Venger.
Eslatib o'tamiz, JCH–2026 tarixdagi ilk 48 jamoali mundial bo'ldi. Yangi format tufayli Afrika, Osiyo va KONKAKAF mintaqalaridan ko'proq terma jamoalar musobaqada qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldi.


