

Ro'yxatda Ispaniyaning "Real Madrid" klubi 9,5 milliard dollar qiymat bilan yetakchilik qilmoqda. Qayd etish lozimki, "Qirollik klubi" ketma-ket beshinchi yil reytingning 1-pog'onasini band etib kelmoqda.
Ikkinchi o'rinni Ispaniyaning "Barselona" klubi (7,5 mlrd dollar), uchinchi o'rinni esa Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi (7,2 mlrd dollar) egalladi.
Shuningdek, kuchli o'nlikdan Angliyaning "Liverpul" (6,2 mlrd), Fransiyaning PSJ (5,8 mlrd), Germaniyaning "Bavariya" (5,7 mlrd), Angliyaning "Manchester Siti" (5,5 mlrd), "Arsenal" (5,4 mlrd), "Chelsi" (4,2 mlrd) va "Tottenxem" (3 mlrd) klublari joy olgan.


