Mourinyuning "Real"dagi ilk transferi akademiya tarbiyalanuvchisini qaytarish bo'ladi

30 may 2026, 08:20
Madridning "Real" klubi "Komo" yarim himoyachisi Niko Pasni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Bu haqda taniqli insayder Djanluka Di Marcio xabar bermoqda.

21 yoshli argentinalik futbolchining transferiga Joze Mourinyu qiziqish bildirmoqda. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis "Qirollik klubi" bilan shartnoma imzolagani va jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylanishi haqida xabar berilgan edi.

Shu bilan birga, "Komo" Niko Pasni yana bir mavsum o'z tarkibida saqlab qolmoqchi. Italiya klubi futbolchining kyetib qolmasligi uchun qo'lidan kelgan barcha ishlarni amalga oshirmoqda.

Pas "Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2024 yildan buyon "Komo" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://x.com/DiMarzio