

Bu haqda argentinalik jurnalist Veronika Brunati X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, Fransiya grandi argentinalik forvard uchun 120 mln evro to'lashga va bundan tashqari, ismlari hozircha oshkor qilinmayotgan ikki nafar futbolchisini berishga tayyor.
Avvalroq Kataloniyaning "Barselona" klubi "qizil-oqlar"ga 100 mln evro taklif qilgan edi. Shuningdek, futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsumda argentinalik forvard barcha turnirlarda 49 ta o'yinda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.



