

To'rt karra Angliya chempioni bo'lgan futbolchining mashinasidan taqiqlangan moddalar topilgan. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishdan bosh tortgan. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Sterling o'zining Lamborghini avtomobilida avariyaga uchraganidan so'ng qo'lga olingan. Shu bilan birga, ushbu hodisada boshqa transport vositalari ishtirok etmagan va jabrlanganlar yo'q. Tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda "Feyenoord" hujumchisi garov evaziga qo'yib yuborilgani alohida takidlangan.
2026 yilning yanvar oyida "Chelsi" futbolchi bilan hamkorlikni to'xtatgan edi. Fevral oyida esa Sterling "Feyenoord" bilan shartnoma imzoladi. Niderlandiya chempionatida u sakkizta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.



