Kurtua "Real"dagi kelajagi haqida gapirdi

13 iyun 2026, 15:06
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Madrid klubidagi kelajagi haqida gapirdi.

11 may kuni belgiyalik darvozabon 34 yoshga to'ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

“Mening kelajagim? 30 yoshga to'lganingda, "Real"da shartnomalar faqat bir yilga uzaytiriladi. Shuning uchun men bu borada mutlaqo xotirjamman. Agar men avvalgidek o'ynashda davom etsam, uzaytirish muammo bo'lmaydi. Ammo "Real" - elita darajasidagi klub. Qachondir ular mening o'rinbosarim haqida o'ylashlariga to'g'ri keladi”, - dedi Kurtua.

Kurtua 2025/26 yilgi mavsumda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 43 ta gol o'tkazib yubordi. U 17 uchrashuvda “nol”ga o'ynadi. Transfermarkt darvozabonning qiymatini 15 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano