Roy Kin: Bellingem bolalarga qarshi o'ynayotgan katta erkakdek ko'rinmoqda

4 okt 2026, 17:47
Kin Angliya terma jamoasi yarim himoyachisining o'yiniga yuqori baho berdi.

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin Angliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning o'yin darajasini yuqori baholadi. 3 oktyabr kuni "uch sherlar" Millatlar ligasi o'yinida Xorvatiyani 7:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvda Bellingem bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

- Bellingem bolalarga qarshi o'ynayotgan katta erkakdek ko'rinmoqda. U tarixdagi eng buyuk o'yinchilardan biriga aylanishi mumkin. Jud to'p bilan allaqachon ajoyib muomala qiladi, ammo meni eng ko'p hayratda qoldirayotgani - uning to'psiz harakatlaridir. Bu atrofidagi hammaning darajasini oshiradi.

Agar jamoangizda to'p bilan shunchalik yaxshi muomala qiladigan, Madridning "Real" klubida o'ynaydigan va shunga qaramay to'psiz shunchalik ko'p mehnat qiladigan futbolchi bo'lsa - bu qolgan hammani ruhlantiradi. U Angliya terma jamoasi uchun juda katta yetakchidir, - dedi Kin Madrid Universal nashriga X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Madrid Universal