

Bugun klub prezidenti Raul Martin Presa bilan matbuot anjumani bo'lib o'tgan va unda bosh murabbiy Inigo Peres jamoadan ketishi ma'lum qilingan. U jamoa bilan tarixiy natijalar qayd etib, o'z tarixida ilk bor evrokuboklar finaliga olib chiqqandi. 38 yoshli murabbiy bu qarorni qiyin, biroq juda muhim deb aytib o'tdi.
"Atletik"da futbolchilik faoliyatini o'tkazgan sobiq yarim himoyachi 2022 yildan buyon "Rayo"da ishlab kelayotgandi. Avvaliga u Andoni Iraola murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan, keyin esa jamoani to'laqonli boshqargan.
Endi Peres "Vilyarreal"ni boshqarishi kutilmoqda.



