Kasorla: "La Liga barcha jihatdan APLdan yorug'lik yillari darajasida ortda qolmoqda"

Iskandarov Abdulaziz
10 fev 2026, 10:00
"Ovedo" jamoasi sardori Santi Kasorla o'z klubining "Rayo Valekano"ga qarshi 7 fevral kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan uchrashuvi start hushtagiga bir necha soat qolganda bekor qilinganidan so'ng La Liga rahbariyatini tanqid qildi.

Uchrashuvning bekor qilinishiga "Valekas" stadionidagi maydon holati talabga javob bermasligi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab bo'lgan.

"Ovedo" jamoasi bunday qaror juda kech ma'lum qilinganini keskin qoraladi. Chunki jamoa va muxlislar allaqachon Madridga yetib kelgan edi. Klub rasmiy bayonotida hatto sudga murojaat qilish ehtimoli ham ko'rib chiqilayotganini ma'lum qildi.

"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Kasorla ham ijtimoiy tarmoq orqali noroziligini bildirdi. "Haqiqat shuki, La Liga barcha jihatdan Premer-ligadan yorug'lik yillari darajasida ortda qolmoqda", - deb yozdi 41 yoshli ispaniyalik futbolchi.

Kasorla "Arsenal" safida olti yil harakat qilib, London klubi bilan ikki marta Angliya Kubogini qo'lga kiritgan. U 2023 yil avgust oyida "Ovedo"ga qaytdi va 2025/26 yilgi mavsumda jamoaning La Ligaga chiqishiga yordam berdi.

Hozirgi vaqtda "Ovedo" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 22 o'yindan keyin 16 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Sport-express.ru