Klopp Germaniya terma jamoasini boshqaradi. DFB Red Bull bilan kelishuvga erishdi, JCH-2030gacha bo'lgan shartnoma juma kuni imzolanadi

19 iyul 2026, 19:45
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi baladi, deb xabar bermoqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg.

Tomonlar to'liq kelishuvga erishdi, shartnoma 2030-yilgi jahon chempionati yakuniga qadar hisoblanadi.

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) ham Red Bull bilan 59 yoshli mutaxassisning kompaniyaning futbol yo'nalishi rahbari lavozimini tark etishi haqida kelishib oldi. Shanba kuni Klopp qolgan tafsilotlarni kelishib olish uchun Nyu-Yorkda Red Bull bosh direktori Oliver Minslaff bilan uchrashdi.

Yakuniy kelishuvlar, jumladan, murabbiyning tijorat hamkorlari bilan bog'liq kelishuvlar jahon chempionati finalidan keyin rasmiylashtirilishi rejalashtirilgan. Klopp juma kuni Frankfurtda shartnoma imzolashi kutilmoqda. O'sha kuni DFB tayinlovni rasman e'lon qilishi va matbuot anjumani o'tkazishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia