

Ar-Riyoddagi "Al Avval" stadionida kechgan o'yinda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Uchrashuvdagi ilk golni 22-daqiqada "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kiritdi. Bu gol futbolchining faoliyatidagi 979-chi gol bo'ldi. 58-daqiqada hujumchi Abdulla Al Hamdan mezbonlarning ustunligini mustahkamladi. 75-daqiqada esa mehmonlar yarim himoyachisi Nabil Fekir uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'ydi.
"Al Nassr" - “Abha” 2:1
Gollar: Ronaldu 22, Al Hamdan 58 - Fekir 75.
Saudiya Arabistoni chempionatida beshta o'yin o'tkazgan "Al Nassr" 15 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Abha" hisobida esa bitta ochko bor va jamoa 18-o'rinni, yani so'nggi qatorni band etgan.



