

- G'alaba bilan tabriklaymiz!
- Rahmat, Alhamdulillah, juda yaxshi va muhim g'alaba bo'ldi. Bilasiz, hozir biz "Neftchi"ga juda yaqinmiz va oldinda ularga qarshi kechadigan o'yinimiz bor. Inshaalloh, ushbu bahsda va umuman qolgan barcha o'yinlarda oxirigacha kurashamiz. Maqsadimiz aniq - bu mavsumda chempion bo'lishni xohlaymiz.
- Keyingi uchrashuv "Al-Ahli"ga qarshi kechadi. Bu bahsdan nimalar kutyapsiz?
- Albatta, bu ajoyib va muhim o'yin bo'ladi. Osiyo musobaqalarining o'zgacha havosi bor. Biz mazmunli o'yin ko'rsatishni istaymiz, chunki bu O'zbekiston uchun tarixiy voqelik. Barchasini to'g'ri bajarishga harakat qilamiz, qolganini esa vaqt ko'rsatadi.
- Jamoa Kubok musobaqasidan chiqib ketdi, qolaversa, klub asosiy homiysini ham yo'qotdi. Lekin aynan shu voqealardan so'ng - "Andijon"bilan bahsda va bugun ketma-ket g'alaba qozona boshladinglar. Xo'sh, bungacha - homiy yo'qotilishidan va "Neftchi"dan mag'lub bo'lishdan avval g'alabalar uchun nima yetishmayotgan edi?
- Qarang, "Neftchi"ga qarshi kubok o'yinida ham bor kuchimizni bergandik. Faqatgina so'nggi nuqtani qo'yishda, darvozaga yo'llangan oxirgi zarbada gol ura olmadik. Raqib esa so'nggi daqiqada gol urib ketdi - menimcha, bu o'rinda ularga omad kulib boqdi. Lekin hech qisi yo'q, chempionatda hali vaqtimiz etarli, inshaalloh.
- Hozir Toshkentdagi hayotingiz qanday kechyapti? Mana, ikki do'stingiz bilan har kuni poytaxtdasiz, shu yerda mehnat qilyapsiz...
- Juda yaxshi va ko'ngildagidek. Bu yerda do'stlarim ham men bilan birga, shu sababli hammasi a'lo darajada.



