Rasman: Satpaev faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi

15 avg 2026, 08:41
"Byornli" hujumchi Dastan Satpaevning "Chelsi"dan ijara asosida o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Qozog'istonlik 18 yoshli futbolchi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar "Byornli" safida harakat qiladi. Shu tariqa, Satpaev Angliyadagi faoliyatini davom ettirib, yangi jamoasida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Eslatib o'tamiz, “Byornli“ o'tgan mavsum APLda 19-o'rinni egallab, quyi ligaga tushib ketgandi.

O'xshash yangiliklar