39 yoshli Jeymi Vardi Angliyaga qaytdi

7 sen 2026, 01:04
"Lester" safida Angliya chempioni bo'lgan Jeymi Vardi vataniga qaytdi.

39 yoshli hujumchi "Byornli" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Chempionship klubi matbuot xizmati rasman xabar berdi. Hujumchi bilan shartnoma bir mavsumga mo'ljallangan.

"Endi "Byornli"da ekanimdan juda xursandman. Bu klubning boy futbol tarixi va ishtiyoqli muxlislari bor, ular o'zlari va shahrini himoya qiladigan jamoaga munosib. Men maydonga tushishni va jamoaning to'g'ri yo'nalishda harakatlanishiga yordam berishni intiqlik bilan kutyapman”, - dedi Vardi.

Besh turdan so'ng o'tgan mavsum yakuniga ko'ra Angliya Premer-ligasidan tushib ketgan jamoa ikki ochko bilan Chempionship jadvalida oxirgi, 24-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: burnleyfootballclub.com