

Bu haqda “Marca“ yozmoqda.
Manbaning xabar berishicha, 41 yoshli portugaliyalik qarorini o'zgartirishdan bosh tortgan, ularni tinglashni ham istamay, o'zining shaxsiy samolyotiga chiqqan va mamlakatni tark etgan.
30 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush matbuot anjumanida Ronaldu 1 oktyabrdagi Daniyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishini ma'lum qilgandi. Shundan so'ng forvard Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etishga qaror qilganini e'lon qildi hamda o'z vaqti kelib ketish sabablari haqidagi haqiqatni aytib berishga vada berdi.
Ronaldu terma jamoa libosida 234 ta o'yinda maydonga tushib, 146 ta gol muallifi bo'lgan. U milliy jamoa bilan birgalikda 2016 yilda Yevropa chempioni bo'lgan hamda ikki bor Millatlar Ligasida zafar quchgan.



