"Antverpen" sobiq futbolchisi o'lik holda topildi

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 17:28
"Nieuwsblad"ning xabar berishicha, "Antverpen" va "Sautgempton" sobiq a'zosi Viktor Udo Nigeriyada hayotsiz holda aniqlandi.

21 yoshli chap vingerning so'nggi klubi Chexiyaning "Dinamo" Cheske Budeyovice jamoasi edi. Udo mavsum tugaganidan so'ng Nigeriyaga tatilga ketgandi. Uning jasadi tug'ilib o'sgan Abuja shahridan chiqdi.

U 2023 yil mart oyida "Antverpen"ga qo'shilgan. 2024 yil boshidan Belgiya klubining kattalar jamoasida o'ynab keldi va 28 ta o'yinda maydonga tushdi.

2025 yil fevral oyida Udo "Sautgempton" tarkibiga qo'shilib, yoshlar jamoasida o'ynadi. 2025 yil 29 sentyabrda "Dinamo"ga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Nieuwsblad