Rasman FIFA reytingi yangilandi: O'zbekiston kuchli 50 talikka qaytdi, Fransiya peshqadamga aylandi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan rasmiy reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z poziciyasini yaxshilab oldi.

O'zbekiston 50-o'rinda

Vakillarimiz reytingda ikki pog'ona yuqorilab, 1465.34 ochko bilan dunyoning eng kuchli 50 ta jamoasi qatoridan joy oldi. So'nggi bahsda Venesuela bilan qayd etilgan durang (0:0) terma jamoamizga kichik bo'lsa-da (+0.03) ijobiy ball taqdim etdi.

Osiyo qitasida ham vakillarimiz kuchli beshlikdagi o'rinlarini mustahkamlashgan. Qitamizning yetakchi jamoalari quyidagicha ko'rinish olgan:

Yaponiya - 18-o'rin (+1)

Eron - 21-o'rin (-1)

Janubiy Koreya - 25-o'rin (-3)

Avstraliya - 27-o'rin

O'zbekiston - 50-o'rin (+2)

Dunyoda yangi peshqadam

Reytingning yuqori qismida o'zgarish yuz berdi. Fransiya terma jamoasi ikki pog'ona yuqorilab, Ispaniyani ortda qoldirgan holda birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Kuchli o'nlik:

1. Fransiya (+2)

2. Ispaniya (-1)

3. Argentina (-1)

4. Angliya

5. Portugaliya (+1)

6. Braziliya (-1)

7. Niderlandiya

8. Marokash

9. Belgiya

10. Germaniya


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA.com