Rasman: Doston Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025, 14:20
Pedro Moreyra o'zi qurayotgan jamoada Doston Hamdamov bo'lishini istadi.

Bu istakka javoban vingerning klub bilan o'tkazgan muzokarasi muvaffaqiyatli yakunlandi. 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lgan Hamdamov yangi mavsumni "sherlar" safida boshlaydi.

"Aslida shartnoma imzolaganimga 10 kun bo'ldi. Lekin buni bugun e'lon qilishlarini istagandim. Jamoamizning muxlislari uchun kichik sovg'a. Bosh murabbiy meni o'z jamoasida ko'rishni istagani quvontirdi. Bunga javoban O'zbekistonda qo'lga kiritgan oltin medallarimni yana bittaga ko'paytirish ustida mehnat qilaman. Biz bilan yangi yilda zerikmaysiz deb o'ylayman", – deydi Doston Hamdamov.

Futbolchi "Paxtakor" libosida 5 marotaba O'zbekiston chempioni va 2 karra kubogi sohibi bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати