

“Bugun Milliy futbol markazidagi ilk mashg'ulotni olib boryapmiz. 3 kun shu yerdamiz. Keyin Vengriyaga uchib ketamiz, u yerda 3 kun shug'ullanib, Portugaliyaga yo'l olamiz. U yerda Portugaliya, Turkiya va Ruminiya bilan o'rtoqlik uchrashuvlari kutmoqda.
Xalqaro o'yinlar biz uchun JCH oldidan so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Hamma kuchli futbolchilarni jalb etdik. Sardorimiz Muhammad Hakimov milliy terma jamoaga jalb etildi. Bu biz uchun katta yutuq. Shunday yosh futbolchining terma jamoaga chaqirilishi zo'r. Uni tabriklayman!
2 mahal mashg'ulot qilyapmiz. Ertalab jismoniy, kechqurun taktik tayyorgarlik olib borilyapti. Albatta, standart vaziyatlar ustida ham ishlamoqdamiz.
Portugaliyadan qaytganimizdan keyin JCH oldidan Ekvador bilan ikkita o'yin o'tkazamiz, so'ngra JCHga uchib ketamiz”, – dedi Chigodaev.



