

London klubi 26 yoshli markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi. Kelishuv 2032 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Transfer summasi rasman ochiqlanmagan. OAV xabarlariga ko'ra, “Chelsi” fransiyalik futbolchi uchun taxminan 60 million evro to'lagan.
Lakrua 2024 yildan beri “Kristal Pelas” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Bungacha himoyachi Fransiyaning “Sosho” va Germaniyaning “Volfsburg” jamoalarida to'p tepgan.



