

"Manchester Siti" - PSJ 0:3
Gollar: 13 - Dezire Due, 15 - Usman Dembele, 32 - Vitinya
“Manchester Siti”: 1. Janluiji Donnarumma, 6. Mark-Izrael Gexi, 3. Ruben Diash (27. Mateus Nunesh, 46’), 24. Yoshko Gvardiol, 45. Abduqodir Husanov, 17. Enco Fernandes, 10. Rayan Sherki (7. Iliman Ndiaye, 46’), 5. Elliot Anderson, 11. Jeremi Doku (32. Ayyub Buaddi, 46’), 42. Antuan Semeno, 9. Erling Holand.
Zaxira: 13. Markus Bettinelli, 28. Xeronimo Ruli, 21. Rayan Ait-Nuri, 22. Vitor Reys, 33. Niko O'Rayli, 8. Mateo Kovachich, 37. Allan, 47. Fil Foden, 82. Riko Lyuis.
PSJ: 39. Matvey Safonov, 2. Ashraf Xakimi, 51. Vilyam Pacho, 5. Markinos, 25. Nunu Mendesh, 17. Vitinya, 8. Fabian Ruis, 33. Uorren Zair-Emeri, 10. Usman Dembele, 11. Magnes Akliush, 14. Dezire Due.
Zaxira: 30. Lyuka Shevale, 6. Ilya Zabarniy, 12. Lyuka Din, 21. Lukas Ernandes, 4. Lukas Beraldo, 27. Dro Fernandes, 87. Joau Nevesh, 7. Xvicha Kvaratsxeliya, 9. Ferran Torres, 22. Mika Godts, 47. Kenten Njantu, 80. Adam Muak.
50. Endigi zarba Encodan bo'ldi, biroq noaniq ketdi…
48. Yoshkoning bosh bilan bergan zarbasini Safonov ushlab oldi.
47. Semeno juda qulay vaziyatdan turib zarba berdi, ammo to'p rekoshetga uchradi.
46. “Man Siti” bo'lim avvalida bir yo'l uchta o'zgarish qildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+2. Dokuning erlatib bergan zarbasini Safonov qaytardi.
45+1. Bo'limning oxirgi daqiqalarini “shaharliklar” hujumda o'tkazmoqda.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
41. Gvardiolning bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
38. Hakimidan yana bir zarba, bu safar Jijji to'pni ushlab oldi.
36. Ashrafning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
34. Enco PSJ jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bu holatda ham qoidabuzarlik bo'lmagani ma'lum bo'ldi.
33. Xo'sh, bo'ldimi, temp o'ldimi?

32. GOL! Vitinyadan supergol! Portugaliyalik yarim himoyachining ajoyib zarbasi golga aylandi!
31. Hakimining bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi…
29. Vitinyadan yana bir zarba va bu safar ham Donnarumma qaytardi!
25. Dokuning havolatib uzatgan to'pini Holand bosh bilan darvozaga emas, ancha boshqa joyga yo'lladi.
19. Holandning erlatib bergan zarbasidan so'ng to'p Pachoga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
17. Vitinyaning darvoza tomon bergan zarbasidan so'ng to'pni Donnarumma ushlab oldi.
16. Manchesterliklar karaxt bo'lib qoldi!

15. GOL! Dembele hisobni ikkitaga oshirdi! Due o'ziga uzatilgan to'pni havolatib Dembelega uzatdi, Usmon bosh bilan aniq zarba berdi!
14. Zo'r boshlandi o'yin, buyog'iga “Man Siti”dan ham faollik kutamiz!

13. GOL! Due hisobni ochdi! PSJning super hujumi yakunida Dezire erlatib zarba berdi va Jijjining o'ng burchagiga to'pni mixlab qo'ydi!
12. Semeno! Qanday qilib? Burchak zarbasidan keyingi palapartishlik yakunida Antuan yaqin masofadan zarba berdi, biroq noaniq ketdi…
11. Enconing jarima zarbasidan tepgan to'pini Safonov qaytardi.
10. Sherki PSJ jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq penalti belgilanmadi.
9. Zair-Emerining erlatib bergan zarbasini Janluiji ushlab oldi.

5. O'yinni stadiondan turib Pep Gvardiola kuzatib bormoqda.
2. Husanov Due bilan bo'lgan birinchi dueldan g'olib bo'ldi - to'p fransiyalik futbolchiga tegib maydonni tark etdi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni YCHL 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 2-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - PSJ bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



