Qozog'iston termasi bosh murabbiyi Fransiyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
14 noya 2021, 16:13
Qozog'iston termasi bosh murabbiyi Talgat Baysufinov JCH-2022 saralashi doirasida Fransiyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Futbolchilarga qo'rqmaslikni va xarakterni ko'rsatish kerakligini aytgandim. O'yinimizni shu yo'l bilan kuchaytirishimiz mumkin. Mag'lubiyat doimo murabbiy tomonidan og'ir qabul qilinadi. Jamoada qanday muammo bo'lsa, murabbiyning bo'yniga yuklanadi.

Qaysi paytlarda qanday muammolarga uchrayotganimizni aytishim shart emas. Bu ochiq-oydin ko'rinib turibdi. Bu og'riqli holat, qabul qilish juda qiyin, biz oxirigacha kurashmadik. Bu yerda o'z kuchimizga, o'zimizga ishonmadik. Taxlil qilamiz, o'z ustimizda ishlaymiz. Ammo hisob barchasini aytib turibdi", - dedi Baysufinov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal