"Qo'qon-1912" hujumchisi roppa-rosa 1 yildan so'ng gol urdi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2025
Kecha, 12 avgust kuni Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Qo'qon-1912"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bahsda qo'qonliklar safida Kleydi Daci gol urdi.

Qizig'i albaniyalik hujumchi so'nggi golini 2024 yilning 12 avgust sanasida OKMK safida "Navbahor" darvozasiga urgan ekan. Roppa-rosa 1 yil o'tgach Daci yana gol urishga erishdi.

Mana shu davr mobaynida hujumchi ketma-ket 20 ta uchrashuvda (Superligada 18ta, Kubokda 2ta) gol ura olmadi. Ma'lumot uchun, Daci shu yozda OKMK klubi tomonidan "Qo'qon-1912"ga ijaraga berildi. 


12 avg 2025, 20:30
Shurtan — Kokand-1912
1 – 2
Tugadi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia