"Lokomotiv" 8 yildan so'ng "Paxtakor"dan mehmonda ochko oldi

Iskandarov Abdulaziz
18 iyul 2026, 13:22
Superliganing 12-turida "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o'zaro to'qnash keldi.

Uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Shu tariqa "temiryo'lchilar" 8 yildan so'ng "sherlar"dan mehmonda ochko olishga muvaffaq bo'ldi. "Lokomotiv" oxirgi marotaba 2018 yilgi mavsumda "Paxtakor" maydonida 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Keyingi 5 ta bahsning barchasida mezbonlarning qo'li baland kelgan.

17.07.2026. "Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:1
18.08.2024. "Paxtakor" - "Lokomotiv" 3:1
24.10.2022. "Paxtakor" - "Lokomotiv" 2:0
04.07.2021. "Paxtakor" - "Lokomotiv" 2:1
24.08.2020. "Paxtakor" - "Lokomotiv" 7:0
16.03.2019."Paxtakor" - "Lokomotiv" 3:1
20.10.2018. "Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:3

Ma'lumot uchun, Kamoliddin Tojiev shogirdlari navbatdagi bahsini 21 iyul kuni o'z maydonida "Xorazm"ga qarshi o'tkazsa, "Loko" 22 iyul kuni o'z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia