

"O'yin haqida to'xtalsam, havo juda issiq edi. Ikki jamoa ham qiynaldi deya olaman. Umumiy manoda teng o'yin guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda raqib, ikkinchisida biz ko'proq to'p bilan muomalada bo'ldik. O'yin durangli edi.
Ularda terma jamoa futbolchilari charchagani ko'rinib turibdi. Aytganimdek bunday havoda o'ynash qiyin",- deydi Anzur Ismoilov.
- "Paxtakor" bilan o'yinda Anzur Ismoilov faoliyatini yakunlaydi degan xabar chiqqan edi. Lekin bugun qaydnomadan o'rin oldingiz...
- Futbol maktabimni ochdim. Meni u yerda kutishayotgandi. Men bormasam ota-onalar ham bolalarini bermaymiz deb turib olishdi. O'yinlarga kelib turaman. Hali yana 1-2 ta o'yinda meni ko'rasizlar.



