

Bu haqda UEFA matbuot xizmati ma'lum qildi.
8 oktyabr kuni Berlinda UEFAga a'zo barcha 55 ta milliy assotsiatsiya vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda FIFAni isloh qilish yo'nalishlari belgilab olindi.
"UEFA va Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasidan tashqari barcha milliy assotsiatsiyalar FIFA islohotlarining aniq yo'nalishini kelishib oldilar.
Milliy assotsiatsiyalar FIFAning amaldagi rahbariyatiga bo'lgan ishonchni yo'qotganliklarini tasdiqladilar. Ularning fikricha, institucional islohotlarning o'zi etarli emas: FIFAga, shuningdek, yangi rahbariyat ham kerak - u hurmatga sazovor va birlashtiruvchi shaxs bo'lishi, ildizlari futbolga chuqur bog'langan, boshqaruv uchun keng qarash va tajribaga ega bo'lgan, barcha mintaqalarda ishonch qozona oladigan hamda rivojlanish, islohotlar, halollik va mustaqillikka so'zsiz sodiq qoladigan inson bo'lishi lozim", – deyiladi UEFA bayonotida.
FIFA prezidenti Janni Infantino bo'lib, u tashkilotni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. FIFA rahbari uchun navbatdagi saylov 2027 yilning mart oyida bo'lib o'tadi.



