

Ikki marta mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham, klub turnirda qatnashish orqali katta daromad oldi.
UEFA reglamentiga ko'ra, guruh bosqichiga chiqishning o'zi klubga 15,64 million evro daromad keltiradi. Bonuslar ham hisobga olinadi: jamoa har bir g'alaba uchun 2,1 million evro, durang uchun esa 700 ming evro oladi.
Shunday ekan, ikki turdan keyin "Qayrat" kamida 20,25 million evro ishlab topdi – bu summa asosiy bonus va o'yinlarda qatnashish uchun qo'shimcha to'lovlardan iborat.
Maydonda esa vaziyat hamon chatoq: olmaotaliklar birinchi turda Lissabonning "Sporting"iga mehmonda (1:4), ikkinchi o'yinda Olmaotada "Real"ga (0:5) imkoniyatni boy berdi.



