Qasim-Jomart Toqaev Shavkat Mirziyoevni milliy jamoa jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2025, 16:32
Bir necha kun oldin O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 uchinchi saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

17 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Ostonaga uchib bordi. U yerda "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti bo'lib o'tdi.

Sammit mezboni Qasim-Jomart Toqaev milliy jamoa jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqani bilan O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevni qutladi.

"Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoevga so'z berishdan avval, O'zbekiston Respublikasi prezidentini sport sohasidagi tarixiy yutuq - O'zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati final bosqichiga chiqishi bilan chin yurakdan tabriklamoqchiman" - dedi Qozog'iston prezidenti.

Sammitga yig'ilgan barcha O'zbekiston Respublikasi prezidentini qarsaklar bilan qutlashdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Shavkat Mirziyoyev press-service