Tuxel PSJ himoyachisini jamoasiga olib kelishi mumkin

Оқил Абдубарноев
16 yanv 2022
Teo Ernandes va Lyuka Din transferi bo'yicha muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Chelsi" e'tiborini PSJ himoyachisi Leven Kyurzavaga qaratdi.

Ingliz klubini futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olishi mumkin.  

Manbaga ko'ra, Kyurzavaning agentlari "ko'klar" rahbariyati bilan bog'lanishgan, shundan so'ng hamkorlik bo'yicha muhokama bo'lib o'tgan.

Avvalroq Kyurzava "Lacio"ga o'tishi mumkin edi, ammo rimliklar uning butun maoshini to'lashga tayyor emasdi. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda PSJning Liga 1 doirasidagi birorta o'yinida maydonga tushmadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport