PSJ Ferran Torres bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolaganini e'lon qildi

15 avg 2026, 16:40
PSJ o'zining rasmiy saytida hujumchi Ferran Torresning "Barselona"dan o'tganini ma'lum qildi.

26 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2031 yilgacha mo'ljallangan. 2026-yilgi jahon chempioni Parij jamoasi tarkibida to'qqizinchi raqamda o'ynaydi.

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike bo'lib, uning qo'l ostida Torres 2020 yilda Ispaniya terma jamoasi safida debyut qilgan.

Hujumchi o'tgan mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: psg.fr