

Fransiya klubi 18 yoshli vingerni 50 mln evrodan ortiqroqqa baholamoqda. Bu haqda "L’Equipe"ga tayanib "Metro" nashri xabar beradi.
Mbaye PSJ akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol va ikkita golli uzatma bilan ajralib turdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 mln evroni tashkil etadi.



