Alvares "Barselona"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar fonida "Atletiko" futbolchilaridan uzr so'radi

15 avg 2026, 13:02
"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida jamoadoshlaridan uzr so'radi.

Manbaga ko'ra, 26 yoshli argentinalik futbolchi "Atletiko"dagi jamoadoshlari bilan ochiqchasiga suhbatlashib, "Barselona" qiziqishi bilan bog'liq vaziyatni hal qilishda xatolarga yo'l qo'yganini tan olgan.

Hujumchi o'zining xatti-harakatlari, ayniqsa transfer mish-mishlari fonida o'z fikrlarini ifodalashi unchalik yaxshi emasligini tan oldi.

Alvares "Atletiko"da 2024 yilning avgustidan buyon o'ynamoqda, uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda 49 ta o'yinda 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt futbolchining transfer narxini 120 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Cadena SER