Markinos PSJ bilan 40-sovrinini qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
13 avg 2026, 19:20
12 avgust kuni PSJ UEFA Superkubogi-2026 uchun kechgan bahsda “Aston Villa”ni mag'lub etdi (2:1). Parijliklarning markaziy himoyachisi va sardori Markinos uchun bu jamoa tarkibidagi 40-sovrin bo'ldi.

32 yoshli braziliyalik futbolchi PSJ bilan birgalikda Liga 1 (11), Fransiya Kubogi (8), Liga Kubogi (6), Fransiya Superkubogi (10), Chempionlar Ligasi (2), UEFA Superkubogi (2) va Qitalararo Kubogida (1) g'alaba qozongan. U klub tarixidagi eng sovrindor futbolchi hisoblanadi.

Markinos uchun bu sovrin faoliyatidagi jami 41-titul bo'ldi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchi sovrinlar soni bo'yicha Dani Alvesga (41) tenglashib oldi va endi futbol tarixida faqat Lionel Messidan (45) ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TNT Sports